Men o’z kitobimda “qiyofa” so’zini maxsus ishlatishimga izoh berib o’tmoqchiman.
“Qiyofa” so’zi ko’proq “shakl”, “namuna tuzilishi”, “model” ma’nolarida ishlatiladi. Men esa bu so’zni kengroq, ammo maxsus ma’noda, ya’ni bola miyasi ma’lumotni tanib qabul qilishdagi fikrlash jarayonini tushunishni taklif etaman. Ulg’aygan inson ma’lumotni asosan mantiqiy fikrlash orqali qabul qilsa, yosh bola ichki hissiyoti (intuitsiya), ya’ni bir zumda qiyofa hosil qilish qobiliyatidan foydalanadi: ulg’aygan inson fikrlashini bola anglay olmaydi va buni kechroq tushunib yetadi.
Erta bilish faoliyatining eng yorqin dalili go’dakning odamlar yuzini farqlay olish qobiliyati paydo bo’lishidir. Bolalar kasalxonasida ko’rgan bir chaqaloq alohida yodimda qolgan. Aytishlaricha, u bir yoshdan biroz о’tgach 50 nafar odamni ajrata olgan, ularni nafaqat tanigan, balki har biriga nom ham bergan ekan.
50 nafar odam – bu raqam unchalik hayratga solmasa ham, ulg’aygan odamning bir yil davomida 50 ta turli chehralarni eslab qolishi qiyin. O’z tanishlaringizning yuz tuzilishini aniqroq yozishga harakat qilib kо’ring. Ularni mantiqiy yo’l bilan bir-biridan ajrata olasizmi?
Bolalarning tanish qobiliyatlari taxminan olti oyga to’lganda namoyon bo’ladi, ya’ni ularda tortinchoqlik paydo bo’ladi. Uning kichik boshi tanish chehralarni ajrata oladi, masalan, onasi yoki otasining yuzini begonalardan farqlaydi va buni yaqqol namoyon etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.