O’ZBEK XALQ MAQOLLARI
***
Bola – yoshidan, xotin -boshidan.
***
Bola tuqqanniki emas, tarbiyalaganniki.
***
Bolani so’ksang beti qotar, ursang eti qotar.
***
Boqsang botir qilasan, tergasang – tentak.
***
Daraxtdan meva olaman desang, uni niholligidan parvarish qil.
***
Daraxtiga ko’ra – mevasi, ota-onasiga ko’ra – bolasi.
***
Terakka qarab tol o’sar, onasiga qarab qiz o’sar.
***
Usta borida qo’lingni tiy, ustod borida – tilingni.
***
Ustozinga tik qarasang, to’zasan, hurmat qilsang, asta-asta o’sasan.
***
Onangga boshingni ham qil, otangga gapingni kam qil.
ABDULLA AVLONIY
***
Tarbiya “Pedagogika”, ya’ni bola tarbiyasining fani demakdir. Ahloq ilmining asosi tarbiya bo’lganidan, shu hususda bir oz to’xtalib o’tamiz. Bolaning salomatligi va saodati uchun uni yaxshi tarbiya qilmoq, tanini pok tutmoq, yosh vaqtidan maslagini tuzatmoq, yaxshi hulqlarni o’rgatmoq, yomon hulqlardan saqlab o’stirmoq kerakdir. Tarbiya qiluvchilar tabib kabidirki, tabib xastaning badanidagi kasaliga davo qilgani kabi, tarbiyani bolaning vujudidagi nodonlik kasaliga “yaxshi xulq” davoni ichidan, “poklik” degan da’voni ustidan berib, ulg’aytirmoq lozimdir.
***
Tarbiyani tug’ilgan kunidan boshlamoq, vujudimizni quvvatlantirmoq, fikrimizni nurlantirmoq, ahloqimizni go’zallantirmoq, zehnimizni ravshanlantirmoq lozim ekan.
***
Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko’p zamonlardan beri qadrlanib kelingan, muallimlarning e’tiborlariga suyangan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadir. Fikr insonning sharofatli, g’ayratli bo’lishiga sabab bo’ladi.
***
Fikrning quvvati, ziynati, kengligi muallim tarbiyasiga bog’liqdir. Ta’lim bilan tarbiya orasida bir oz farq bor bo’lsa ham, ikkisi bir-biridan ayrilmaydigan, birining vujudi ikkinchisiga bog’langan jon bilan tan kabidir.
***
Tarbiya qiluvchi muallimlarning o’zlari ilmlariga amal qiluvchi bo’lib, shogirdlariga ham bergan darslarini amal bilan qo’shib o’rgatmoqlari lozim. Bu tarzda ta’lim bilan berilgan dars va ma’lumot shogirdlarning diliga tez ta’sir etib, ilmiga amal qiluvchi bolalr bo’lishiga xizmat qiladi.
***
Badan tarbiyasining fikr tarbiyasiga ham aloqasi bor. Jism bilan ruh bir choponning o’ng va tersi kabidir. Agar jism tozalik bilan ziynatlanmasa, yomon xulqlardan saqlanmasa, choponning ustini qo’yib, astarini yuvib ovora bo’lmoq kabidirki, har vaqt o’stidagi kiri ichiga uradi. Fikr tarbiyasi uchun mustahkam va sog’lom bir vujud kerak.
XATTI-HARAKATLAR
BOLALARDA QANDAY HATTI-HARAKATLAR QANDAY KELIB ChIQADI?
Ota-onalarda ko’rinadigan noto’g’ri hatti-harakatlar
Ota-onasining e’tiboridan chetda qolgan bola o’ziga qaratish uchun battar yig’lashga, ko’proq xarxasha qilishga tushadi. Bolalarda bunday vaziyatlarda boshqa harakatlar ham kuzatilishi mumkin. Odamovi, birovga qo’shilmaydigan, muammolarni oiladan tashqarida biror kishi bilan hal qilishga urinadigan, doimiy himoya qobig’iga kirib oladigan, kechalari tagini ho’llab qo’yadigan, birovning narsasini ruxsatsiz oladigan, tirnoqlarini tishlaydigan, tajovuzkor, dangasa singari bir qator zararli xatti-harakatlarga ega bo’lishi mumkin.
Onaning homiladorlik davridagi holati, ota-onaning biror hodisaga nisbatan aks ta’siri farzandning noto’g’ri harakatlar qilishiga va bunday harakatlarga odatlanib qolishiga sabab bo’lishi mumkin. Endigina dunyoga kelgan go’dakka stress garmonlari orqali asabiylik holatini yuqtiramiz.
Karim yaqinda maktabga chiqdi. Uning onasining harakatlariga e’tibor qilaylik. Birinchi kuni bolalar maktabda rasm chizishadi. Ona aytadi: “Uyda Karim chizgan rasmlarni olib ko’rdim. Birinchi kundanoq xuddi u katta kishi-yu, hammasini to’g’ri bajarishi kerak degan hayolda edim. Biroq uning o’sha kuni men istagandek to’g’ri va chiroyli rasm chiza olmasligini kech tushundim.
Fikringizga ehtiyot bo’ling, harakatlaringizga aylanishi mumkin, harakatlaringizga ehtiyot bo’ling, odatga aylanishi mumkin, odatlaringizga ehtiyot bo’ling, xarakteringizgi aylanishi mumkin.xarakteringizga ehtiyot bo’ling, taqdiringizga aylanishi mumkin. |
Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, boladan u bajara olmaydigan biror harakatni kutish qisqa paytda uning maktabdan va darslardan sovib ketishiga, uning noto’g’ri xatti-harakatini amalga oshirishiga sabab bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan bolada o’yinchoqlariga ataylab zarar berish, bo’lar-bo’lmasga xarxasha qilish, ovqat yemay o’jarlik qilish, har narsani tanqid qilish, atrofdagi har narsaning ustiga chiqib sakrash singari harakat buzilishlari kuzatilishi mumkin.
Biz kattalar farzandimiz bilan bog’liq qaerda xato qilganimizni tushunib yetsak, qisqa vaqtda uning noto’g’ri xatti-harakatlarini yo’qotishimiz mumkin. Bolalar psixiatri bo’lib ishlaydigan tajribali mutaxassisning uzoq yillik faoliyatidan keyin chiqargan xulosasi esa diqqatimizni tortadi.
Ma’lumki, ota-onalar farzandlarini psixiatrga darhol olib kelishmaydi. O’zlari to’g’ri deb bilgan barcha chorani qo’llab, natija ololmagachgina psixiatrni esga olishadi.buni qarangki, huzurimga kelgan muammoli bollarning 80 foizidan muammo chiqmaydi. Men bolalarning qo’liga o’yinchoq tutqazaman. Bola qo’shni xonada o’yinchoq o’ynayotganida ota-onasi bilan gaplashaman. Boladagi muammo va xarakat buzilishiga sabab ota-onaning farzandlariga nisbatan hatti-harakatlari deb bilaman. Boladagi noto’g’ri harakatlarni tuzatish uchun, avvalo, ota-ona o’z harakatlarini to’g’irlashi kerak.
Murojaat shakli
Eskilar yaxshi fazilatlar atrofni oydinlatishi uchun avvalo, davlat ishlarini yo’lga qo’yishdi. Davlat ishlarini yo’lga qo’yish uchun avvalo uy ishlarini yo’lga qo’yishdi. Uy ishlarini yo’lga qo’yish uchun esa o’zlarini tuzatishdi. O’zlarini tuzatish uchun ichki dunyosini tuzatishdi. Ichki dunyosini tuzatish uchun avval o’z fikrlarini o’zgartirishdi. Fikrlarini o’zgartirish uchun o’z bilimlarini ko’paytirishdi.
Konfutsiy |
Bir seminarda qirq kishilik ota-onalar guruhi qatnashdi. Ulardan farzandlarini bir so’z bilan ifodalab berishlarini so’radim va ular shunday deb javob qaytarishdi: “harakatchan” , “o’jar”, “sho’x”, ”gapga kiradigan”, ”kirishuvchan”, ”mantig’ini ishlatuvchi”, “ta’sirchan”, “zehnli”, “qadrli”, “sevimli”, “ko’p gapiradigan”, “qiziquvchan”, “juda harakatchan”, “hushomadgo’y”, “mittigina”, “aqlli”, “qizg’anchiq”, “mukammal” va ”shirin”.
Siz ham o’zingizga bu savolni berib ko’ring. Beradigan javobingiz farzandingizning shakllanishida nimalarga e’tibor berishingiz kerakligini bilib olishingizga ko’mak beradi.
Keyin yana ulardan so’radim. Farzandingizga qanday murojaat qilasiz? Ularga nima deysiz? Javoblar quyidagicha edi: “go’zalim”, “yagonam”, “qora ko’zim”, “munchog’im”, “jonim”, “birinchi ko’z og’rig’im”, “jayronim”, “qoravoyim”, “kelishgan bolam”, “sarig’im”, “qo’zichog’im”, “aqllim”, “o’g’lim”, “bolam”, “arslonim”, “sevgilim”, “qoplonim”, “hayotim”, “muhabbatim”, “yagonam”, “erkagim”, “chaqalog’im”, “qo’chqorim”, “ota o’g’il”, “janob”, “Mahmudim”…
Ota-ona farzandlariga “muhabbatim, sevgilim, erkagim” tarzida murojaat qilmasliklari kerak. Chunki bu tarzdagi murojaat bolada biz istamagan ba’zi tuyg’ular uyg’otishi mumkin. Siz farzandingizning ota-onasisiz, muhabbati, sevgilisi yoki erkagi emas.
Farzandlar uchun qo’llanadigan murojaat shakli juda muhim. Bolalarda salbiy harakatlarni yuzaga chiqishining eng birinchi sababi sizning ularga murojaat shaklingizdir. Agar farzandingizga tarbiyasiz, yaramas, ahloqsiz singari so’zlar bilan murojaat qilsangiz, unda ijobiy harakatlarni ko’ra olmaysiz.
Bir kishiga qirq kun jinnisan, jinnisan, jinnisan deyilsa, jinni bo’ladi. Yoki kasalsan deyilsa, kasal bo’ladi.
Maqollarni kuzatganimizda ularning muallifi bo’lgan xalqimizning eng yaxshi tarbiyachilaridan biri ekanini ko’ramiz. Maqollar oddiygina aytilgan so’zlar emas. Ular xalqning bir necha asrlik tajribasiga asoslanib aytiladi. Farzandingizning qanday bo’lishini istasangiz, shunga mos murojaat shaklidan foydalaning. Unga yaramas bola deb murojaat qilsangiz, u yaramas bo’ladi. Har kuni poshsho o’g’lim deb murojaat qilsangiz, farzandimiz balki podsho bo’lmasligi mumkin, lekin, albatta, yaxshi inson bo’lib kamolga yetadi.
Ism qo’yish
Afrikaning Gana degan davlatida As’hanti qabilasi bor. Bu qabilada shunday odat bor: chorshanba kuni tug’ilgan bolalarga (Quvaku) Quwaku deb ism qo’yishadi. Bu so’z “Tajovuzkor” degan ma’noni anglatadi. Bolalarga doim mana shu so’z bilan murojaat qilinadi. O’tkazilgan tadqiqot natijasiga ko’ra, Ganadagi jinoyatchilarning 50 foizi mana shu ism berilgan bolalarning xatti-harakatlari bilan sodir etilar ekan.
Xo’sh, bu n6ima degani? Agar men farzandim tajovuzkor bo’lishini istasam, unga shunday murojaat qilishim kerak. Agar yaramas bo’lishini istasam, uni yaramas deb murojaat qilishim kerak. Farzandim “aqlli, zehnli, omadli, baxtli va sog’lom” bo’lishini istasam, shunga qarab murojaat qilishim kerak.
Farzandlarimizga qo’yadigan ismlarimiz ular shaxsiyatining shakllanishida muhim sanaladi. Bolaga yaxshi tarbiya berish, unga chiroyli ism qo’yish ota-onaning farzandi oldidagi muqaddas burchidir.
Xastalik, muhtojlik, yetimlik…
Oh, nelar chekmadi bu boshim!
Baxtli deng menga bir lahzalik,
Saodatdan sarmast bo’lsin bu boshim.
Oidlik istagi
Farzandingizdagi noto’g’ri xatti-harakatlarning sababini bilishdan oldin uning o’zini tanib oling. Farzandingizni yaxshi tanib, xarakterini yaxshi bilib olsangiz, ularning nimaga qodir ekanini bilsangiz, odatlarini ortida yotgan sabablarini anglasangiz, farzandingizning salbiy odatlarini sezilarli darajada kamaytirishga erishasiz.
Imkon qadar farzandlaringiz bilan birga ovqatlaning. |
Barcha xatti-harakatlarning biror ijtimoiy sababi mavjud. Har bir insonda biror joyga oid bo’lish fikri mavjud. Har bir inson uni qadrlaydigan, ahamiyat beradigan insonlar yashaydigan muhitga dahldor bo’lishni istaydi va bunga intiladi. Bu intilish asnosida ahamiyat qozonishimizga yordam beradigan e’tiqodlar, hislar va xatti-harakatlarga ega bo’lamiz. Xarakatlarni anglashning engyaxshi yo’li ushbu harakatlar natijasini kuzatishdan iborat.
Bir misol. Zafar boshlang’ich maktabning 3-sinfida o’qiydi. O’quv yili boshlanganda uning hayoliga shunday fikrlar keladi: “Bu yil ko’p dars qilaman, ko’p bilim olaman. Sinfdagi eng a’lochi o’quvchi bo’laman.”. u mana shu kayfiyatda o’qishlarni boshlaydi.biroq atrofidagi boshqa a’lochilardan o’zib keta olmaydi. Ya’ni, a’lochilar guruhiga kira olmaydi. Bu holat uning kayfiyatini tushirib yuboradi. Shunda Zafar “Hech bo’lmasa hatti-harakatlarim bilan o’rnak bo’lay” deb o’ylaydi. Biroq sinfda o’z xatti-harakatlari bilan barchaga o’rnak bo’ladigan o’quvchilar ham talaygina. Afsuski, Zafar harakatlari bilanham o’rnak bo’la oladigan o’quvchilar ro’yxatiga kira olmaydi. Har bir insonda biror joyga, mug’itga oid bo’lish istagi mavjud. Shu sababli Zafar fikrini o’zgartiradi. Modomiki, a’lochi va odobli o’quvchilar qatoriga kira olmas ekanman, darsga kech qoladiganlar sirasiga kira qolay.
Mana shundan so’ng Zafar o’qituvchidan keyin darsga kirishga odatlandi. Sinfdagi barcha o’quvchilar “Zafar yana kech qoldi” deb kuladigan bo’lishadi. Garchi bu masxaralash bo’lsa-da, Zafar bundan baxtiyor edi. Chunki u o’z “o’rni”ni topgandi.
Kattalar e’tiborini tortishning eng oson yo’li xato qilishdir. |
Insonlar partiga a’zo bo’lishadi. A’zo bo’lishdimi, umrlarining oxirigacha mana shu partiyaga tegishli bo’ladi. Partiya rahnamolari o’zgaradi, siyosat o’zgaradi, siyosatga yondashuv batamom o’zgaradi, ammo insonlar o’z qarorlarini o’zgartirmaydilar. Chunki bu inson o’sha partiyaga oid bo’lishdan va borgan joyida men falon partiyadanman deyishdan g’urur tuyadi.
Muzaffar bir futbol jamoasiga muxlislik qiladi. Bu jamoaning nomini har safar tilga olishdan g’ururlanadi. “Men falon jamoaning muxlisiman” deyish unga huzur bag’ishlaydi. O’ylab ko’rganmisiz, biror jamoaga muxlislik qilishda nima mantiq bor? Siz muxlislik qilayotgan
Bir narsani qabul qilmagunimizcha uni o’zgartira olmaymiz. |
Jamoa g’alaba qozonsa, xursand bo’lasiz. Biroq mukofotlar marosimida sizga hech kim mukofot bermaydi-ku. O’yindan so’ng jamoa o’yinchilari ko’p pul olishadi, ammo sizga pul berishmaydi-ku. Siz o’sha jamoangizni qo’llab-quvvatlash uchun yomg’ir, loy demasdan stadionga borasiz. Buning uchun ba’zi xarajatlaringiz ham bo’ladi. O’yin asnosida baqiraverib tomog’ingiz bo’g’iladi, bir qancha qiyinchiliklarga chidaysiz. Jamoangiz mag’lub bo’lgandaesa xafa bo’lasiz, hatto ko’zingizga yosh olasiz. Xo’sh, bundan sizga nima foyda? Demak, sizda faqatgina bu jamoaga ega bo’lish imkoniyati qoladi, xolos. Garchi moddiy foyda bermasa-da, ruhiy jihatdan sizga nimadir beradi.
Salbiy xatti-harakatlarning sabablari
Misol. Ikki xotin o’tirib suxbatlashmoqda. Ular suhbatga shu qadar berilib ketishganki, yonlarida o’ynab o’tirgan Ra’noning gaplariga e’tibor berishmaydi. Ra’no ularga nimanidir tushuntirmoqchi bo’ladi. “Oyijon” deganda onasi “Hozir qizim” deb o’z suhbatida davom etadi. Bu holat bir necha marotaba takrorlanadi. Ona e’tibor qilmagach, bola qo’lini tishlab yig’lay boshlaydii. Ona darhol unga qaraydi. “Qizalog’im, asalim, senga nima bo’ldi?” deb qayg’uradi. So’ng suhbatdoshiga qarab “So’ramang, qizim keyingi kunlarda g’alati bo’lib qoldi. Dabdurustdan o’ziga zarar beradigan odat chiqardi. Psixiatrga olib borsammikan?” deydi.
Xo’sh, sizningcha Ra’no psixiatrga borishi kerakmi? Ra’nodagi salbiy harakatning sababchisi kim? Buning sababchisi Ra’nomi yoki onaning e’tiborsizligimi?
Ota-ona inson hurmat qilishi lozim bo’lgan eng muqaddas insonlardir. Ota-onasiga hurmat ko’rsatishda kamchilikka yo’l qo’ygan kishining boshiga xuddi shu narsa tushadi. |
Bir kishi gullarini alohida xonaga joylashtiradi. Birinchi xonadagi gullarga suv quyayotib shirin gaplarni gapiradi, ularga mehri balandligini bildiradi, qo’shiqlar aytadi. Ikkinchi xonadagi gullarga esa faqatgina suv quyib chiqadi. Natija esa hayratlanarli darajada. Ma’lum vaqtdan so’ng birinchi xonadagi gullarning ikkinchi xondagi gullarga nisbatan jonliroq, tiniqroq ekani, tez o’sayotgani ma’lum bo’ladi. Ko’rinib turganidek, hatto o’simliklar ham ularga ko’rsatilayotgan e’tiborni sezadi.
Ko’chadagi daydi kuchuklarga ko’zingiz tushgan bo’lsa kerak. Siz ulardan birining boshini sekingina silasangiz va unga ikki og’iz shirin so’z aytsangiz va bu harakatingizni bir necha marta takrorlasangiz, bu kuchukning sizni ko’rganda dumini likillatishini ko’rasiz. Sizni ko’rganda harakatlari ham o’zgaradi. Sizga yaqin munosabatda bo’ladi. Nimaning evaziga? Siz unga nima berdingiz? Go’sht yoki suyak berdingizmi? Yo’q, oddiygina e’tibor berdingiz, xolos. Bu kuchuk boshqalarga tishini ko’rsatishi mumkin, ammo e’tiboringiz sabab sizga biror zarar keltirmaydi.
Hech bir narsa ko’ringanidek oson emas. Har bir narsa kutilganidan uzoqroq vaqtni oladi. Biror narsaning yomon yo’lda ketish ehtimoli bo’lsa, u eng yomon paytda amalga oshadi.
Merfi |
Ko’rsatilgan e’tibor va muhabbat hech bir jonzotni ta’sirsiz qoldirmaydi. Hatto hayvonlar ham sizning e’tibor va muhabbatingizni tushunadi va siz o’rgatayotgan harakatlarni bajaradi.
Endi bolalarni olaylik. Farzandingizga bergan e’tiboringiz ularni aslo ta’sirsiz qoldirmaydi. Aynan shu e’tibor farzandingizni boshqa bolalardan o’zgacha qiladi.
Savol: farzandingiz ulg’ayib qoldi. Unga e’tibor qaratishda davom etasizmi? Ulg’aygan bo’lsa ham mehr ko’rsatasizmi?
Buvim 91 yoshda. Har safar buvimni ziyorat qilganimda shunday deydi: Ko’zlarim ko’rmaydi, oyoqlarim og’riydi, tishlarim o’tmaydi… Aslida, buvimning ahvoli shikoyat qilganidek yomon emas. Uholda nima sababdan ahvolini yomon qilib ko’rsatmoqda? Menimcha, ko’proq e’tibor ko’rsatishimizni istagani uchun shunday qiladi.
Keksa insonlar e’tiborga muhtoj bladilar. Farzandlaringiz ham e’tibor kutadi. Oila qursangiz, turmush o’rtog’ingiz e’tibor kutadi. Demak, e’tibor shu qadar muhim. Shunday ekan, farzandlaringizdagi salbiy xatti-harakatlarni yo’qotish va ularni ijobiy tomonga yo’naltirish uchun farzandingizga yetarlicha e’tibor berishingiz lozim.
Ba’zida juda kuchli e’tibor qaratib, so’ng deyarli e’tiborsiz qoldirish ham salbiy harakatlarning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Ota-onalar farzandlariga muntazam ravishda e’tiborli bo’lishlari, kerak bo’lganda ularni bag’rlariga bosib, o’pib erkalashlari lozim. Siz o’ttiz yoshga kirgan bo’lsangiz ham onangizning sizni yaxshi ko’rib yanog’ingizdan o’pib qo’yishi sizni baxtli qiladi. Hatto o’sha yoshda ham ota-onangizning diqqat-e’tiborini kutasiz.
Shuni bilishimiz kerakki, farzandlarimizga yetarlicha e’tibor qarata olsak, harakatlarini tuzata olsak, ularning sog’lom shaxs bo’lib yetishishini ta’minlagan bo’lamiz.
Aksariyat bolalarning ruhiy muammolari ularning iqtisodiy va ijtimoiy holatiga asoslanmaydi. Bunga ota-onasi va qarindoshlaridan yetarlicha e’tibor ko’ra olmaslik sabab bo’ladi. |
Farzandlarimiz bilan mana shu tarzda tortishish o’rniga biroz jim turaylik.
Bu tortishuvda bola chekinishi mumkin.bola o’sha paytda tashqi ko’rinishidan ota-onasining gapiga kirayotgandek ko’rinadi. Mayli, bajaraman, ammo hozir shunga majbur bo’lganim uchun qilaman. Boshqa sababga ko’ra emas.
Bola isyon qilganida ota-ona o’zini asabiy his qiladi. Bolaning harakatlarini tuzatishga harakat qilish ko’pincha muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi. Bola ota-onasiga qarshi isyon ko’taradi va salbiy harakatlarida davom etadi yoki vaqtinchalik to’xtatib turadi. Ba’zida bolalar aytilgan ishni bajarishadi, ammo ota-onasi aytganidek emas. Bu holatni “Kurashga chorlab, itoat qilish” deb atash mumkin.
Hech bir narsa ko’ringanidek qiyin emas. Har bir narsa kutilganidan samaraliroqdir. Biror bir narsaning yaxshi yo’lda ketish ehtimoli bo’lsa, u eng ma’qul paytda amalga oshadi. |
Bunday holatlarda ota-onalar g’azablarini ichga yutishi, o’rtada to’qnashuv kelib chiqishiga sababchi bo’lmasliklari kerak. Agar ota-ona kuchga qarshi kuch bilan javob beradigan bo’lsa, bolalar ham shu yo’lni tanlashni afzal ko’rishadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.