Men aksariyat hollarda xizmat yuzasidan ingliz tilida gapiraman. Ammo meni to’g’ri talaffuz va intonatsiyadagi xatolarim doim tashvishlantiradi. Meni tinglayotgan odam, ingliz tilini yaponcha talaffuzda so’lasam ham, tushunadi. Ammo ba’zida suhbatdoshning chehrasida taajjub paydo bo’ladi va u mendan biror so’zni qayta takrorlashimni so’raydi. Shunda tushunishlari uchun men o’sha so’zni harfma-harf qaytaraman.
Bir yosh-u ikki oylik bo’lgan qo’shni bola esa inglizcha so’zlarni to’g’ri talaffuz qiladi. Ko’pincha yaonlar uchun r va l tovushlarini talaffuz qilish qiyin, ammo bu bola uchun unday emas. Ehtimol buning sababi men ingliz tilini o’rta maktabda bola esa yapon tili bilan birgalikda o’rganishni boshlaganidadir. Ikkinchi til bilan tanishuvi ma’lumotlarni ingliz tilida tinglash, keyin esa bir amerikalik ayol bilan shu tilda so’zlashish orqali yuz berdi va begona tilni o’z ona tili bilan bir vaqtda o’rgandi.
Bu qiyoslash shuni ko’rsatadiki, miyada ona tili ramzi shakllansa, boshqa ramzlarni qabul qilish qiyin kechadi. Ammo men avval tushuntirganimdek, uch yoshgacha bola miyasi nafaqat o’z ona tilini o’rganish tizimini, balki istagan boshqa tilni anglash qobiliyatiga ega. Bu jarayon birgalikda kechishi mumkin. Shuning uchun bu yoshda bolalar qiyinchiliksiz istalgan tilida o’z ona tilida so’zlashgandek gaplasha oladi. Bu davrni o’tkazib yuborsangiz, bolaga yoshlikda osonlik bilan o’rgatish mumkin bo’lgan narsa ancha mushkul bo’ladi.
Shunday qilib, chet tilidan tashqari bola bu davrda kech bo’lmasidan avval o’rganishi kerak bo’lgan yana ko’pgina ko’nikmalar bor. Masalan, musiqiy ohanglarni anglash, jismoniy qobiliyatlar (harakatlar muvofiqligi va muvozanat saqlash) aynan shu yoshda shakllanadi. Rasm chizishga moyillik hissini ham mana shu davrda shakllantirish kerak deb aytilardi.
Наr yili yozgi ta’til boshlanganidayoq turli davlatlardan chet ellik oilalar o’z farzandlarini doktor Suzukining skripka chalish darsiga olib keladilar. Albatta, boshlanishida hamma ham yapon tilida muloqotga kirishib ketavermaydi. Birinchi bo’lib eng kichik yoshdagi bolalar yapon tilida gapira boshlaydilar. Keyin boshlang’ich va o’rta ta’lim maktabiga boradigan bolalar va eng oxiri ularning ota-onalari tilni o’zlashtiradilar. Bir oy o’tib bolalar yapon tilida juda ravon gapira boshlashadi, ota-onalari esa qayerga borsa ham, bolalariga tarjimon sifatida suyanib, o’zlari esa “konnichiva”dan boshqasini ayta olmay yurtlariga qaytib ketadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.