Fikrimcha, erta rivoshlanish yangi tug‘ilgan chaqaloqning aqliy salohiyati va cheksiz yashirin imkoniyatlari bilan bog‘liq. Albatta, endi tug‘ilgan chaqaloq mutlaqo ojiz, ammo aynan shu ojizlik ostida yashirin imkoniyatlar beqiyosdir.
Inson chaqalog‘i hayvon bolasidan ancha ojiz bo‘lib tug‘iladi: u faqat baqirib yig‘lash va sut emishni biladi. Hayvonlar, masalan, kuchuk, maymun yoki otning bolasi esa emaklashi, yopishishi va hatto o‘rnidan turishi, yurishi mumkin.
Zoologlarning ta’kidlashicha, yangi tug‘ilgan chaqaloq endi dunyoga kelgan hayvon bolasidan 10-11 oycha orqada qoladi. Buning sabablaridan biri insonning yurishdagi holatidir. Odam vertikal yurganida bachadondagi homila o‘zining to‘liq rivojlanish holatiga yetmaydi, shuning uchun ham chaqaloq ojiz bo‘lib tug‘iladi. Insonlar tug‘ilganidan keyin o‘z tanalaridan foydalanishni (ya’ni harakatlanish, yurish – ta’kid biznikini) o‘ganishlariga to‘g‘ri keladi.
Xuddi shu tarzda ular miya imkoniyatlaridan foydalanishni ham o‘rganib oladilar. Hayvon bolasining miyasi tug‘ilguniga qadar shakllanib ulgurgan bo‘lsa, yangi tug‘ilgan chaqaloqning miyasi toza qog‘oz kabidir. Ana shu qog‘ozga nima yozilishi bolaning qanchalik zehnli bo‘lishini belgilab beradi.
Masaru Ibuka
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.