Ammo bundan otalar bolalar tarbiyasini butunlay o’z ayollariga topshirib qo’yishi kerak degan ma’no kelib chiqmasin. Ayoliga haqiqiy do’st va yordamchi bo’la olish bu uydagi tarbiyada erning birlamchi burchi emasmi? Uydagi totuvlikka faqatgina onaning xatti-harakatlari bilan erishib bo’lmaydi.
Yaqinda men avtobusda bir oilani kuzatdim: ota, ona va ularning qizi. Uch yoshlardagi kichkina qizcha o’z otasi bilan qiziq suhbat qurayotgandi. Ikkovi suhbat bilan mashg’ul, ona esa yonlarida turib, qandaydir jurnal o’qiyotgan va o’zini xuddi hech nima eshitmayotgandek tutardi. His qilishimcha, ota shunchaki gaplashmasdan, qizi bilan suhbatda uni jiddiy tushunishga urinar, ona esa aralashmas edi. Ularning suhbatiga quloq solsam, “Dada, saqich o’nta bo’lsa nima bo’lishini bilasizmi?”, “Shundaymi, saqich o’nta bo’lsa Guam oroli bo’ladi. Ikkalamiz borib ko’rsakmikan-a?” degan bolalarga xos gap borar edi.
Shunda xulosa qildimki, bu qizcha ajoyib ayol bo’lib tarbiya topadi. Katta odamga oddiy, ahamiyatsizdek tuyulgan suhbat bola uchun sezilarli darajada zavq bag’ishlaydi. Bola tarbiyasi va rivojlantirish masalalari faqatgina ona zimmasiga yuklangan va otaning roli faqatgina onaning iltimosiga ko’ra bu vazifalarga qo’shilish bilan cheklanadigan oilada haqiqiy yaxshi odamni tarbiya qilib bo’lmaydi. Vaqt yetishmasligi yoki ishdan keyingi charchoq otalarga o’z farzandlari bilan ko’proq gaplashishga to’sqinlik qilmasligi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.