XIX asrning buyuk matematiklaridan biri Karl Fridrix Gauss sakkiz yoshidayoq arifmetik qatorlar yig’indisi formulasini topgan. Gaussning otasi olim bo’lmagan. U oddiy g’isht teruvchi usta bo’lgan, devorlar, darvozalar, o’choqlarni tuzatgan va o’g’lini ko’pincha ishga olib borgan. Gauss otasiga g’ishtlarni berib turgan va ularni sanagan. Ehtimol, Gaussning matematik qobiliyati kichikligida, shunday ko’nikmalar ta’sirida shakllangandir.
Men buni hayron qolarli holat deb o’ylamayman. Bunday deyishimga sabab bundan oldin Honda texnik tadqiqot instituti asoschisi Yuhonda Souichirodan eshitgan voqeamdir. Undan: “Siz nima uchun mototsikllarni yaxshi kо’rib qolgansiz?” – deb so’raganimda birmuncha vaqt o’ylanib, shunday javob qildi: “Qadimda elektr quvvatli motorlar bo’lmagan. Shuning uchun guruchga ishlov berishda yog’ motoridan foydalanishgan. Men hali kichik bo’lgan paytimda uyimiz yaqinida guruch tegirmoni bo’lib, u yerdan chiqayotgan motor ovozi qiziq tuyulardi va bobom ortidan ergashib ataylab uni ko’rgani borar edim. Olib bormaganlarida kayfiyatim yomonlashib, qo’shnimiznikida ovoz chiqarib, yig’lar edim. Shu sababli bobom noiloj meni har kuni olib borardi. O’sha paytlarda motorning shovqinli ovozi men uchun alla qo’shig’idek tuyulib, yog’ chiqaradigan noxush hidli bu motor nihoyatda sevimli qadrdonimga aylandi. Shu sabab menda mototsikllarga muhabbat uyg’ongan bo’lsa kerak”.
Go’daklik – inson hayotidagi eng ta’sirchang davrdir. Ota-ona uchun ahamiyatsiz va ma’nosiz tuyulgan narsani bola hissiyot va kuch bilan qabul qilishi ehtimoli borki, bu tajriba uning kelajakdagi faoliyati asosi bo’lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.