Men nimani nazarda tutganimni tushuntirish uchun sizlarga korxonaning yosh ishchisidan eshitgan bir voqeani aytib beraman. Bir yosh yigitni ishlash uchun xorijga jo’natishdi, uning ayoli yangi tug’ilgan qizchasi bilan o’z ota-onasi uyida yashash uchun Toxokuga ketdi. Buvi va buva o’z nevaralarini juda yaxshi ko’rishar, u bilan ko’p oynashar va suhbatlashishar edi. Bir yildan so’ng yigit qaytib keldi va yosh oila yana Tokioda yashashni boshladi. U payt qizcha gapirish uchun juda kichik edi. Ammo gapirishni boshlaganida ota-onasi bu holatdan hayratga tushdilar: ularning qizi barcha so’zlarni Toxoku shevasida talaffuz qilardi. Bu juda g’alati holat edi, chunki barcha oila a’zolari umumqabul qilingan yapon tilida, faqatgina qizcha shevada gaplashar edi.
Hattoki bir necha yil o’tib qizcha maktabga borganida ham Toxoku shevasidan qutula olmagan edi.
Bola gapirishni boshlashidan avval bu sheva uning miya yo’llari bo’ylab tarqalgan edi. Izlar hosil bo’lganidan so’ng yangilarini hosil qilish uchun eskilarini o’chirish juda mushkul.
Erta yoshda “bir qoshiq qatron bir xum as alga atiydi” degan naqlning ma’nosi shundaki, bu davrda bolaga qilingan ta’sir butun umr o’chmas iz qoldiradi. Aniqki, bu ta’sir foydali bolishi borasida ota-ona qayg’urmog’i zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.