Hozirgi kunda ham koʻpgina psixologlar va pedagoglar, ayniqsa, ilgʻor (progressiv) pedagoglar bolani yoshligidan oʻqitishni notoʻg ri deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, ma’lumotning koʻpligi bolaning asab tizimiga salbiy ta’sir qiladi, shu sababdan uni oʻz-oʻziga qoʻyib berish va oʻzi istagan narsani qilishga imkon yaratish oʻrinlidir. Ba’zilar hatto bu yoshdagi bolalarning xudbin ekaniga va barcha ishlarni faqat oʻz xursandchiligi uchun qilishiga ishonishadi.
Shu sababli butun dunyodagi ota-onalar bunday fikrlar ta’siri ostida ongli ravishda bolani “tinch qoʻyish tamoyiliga amal qiladilar.
Xuddi shu ota-onalar bola bogʻcha yoki maktabga borganida darhol bu tamoyildan voz kechib, birdan oʻz farzandlariga biror narsani oʻrgatishga va tarbiyalashga urinib, qattiqqoʻl boʻlib qoladilar. Hech bir sababsiz “muloyim” onalar “shafqatsiz” onalarga aylanadilar.
Yuqoridagi ma’lumotlarga asosan, buning teskarisi boʻlishi kerak. Bola hayotining, ayniqsa, birinchi yillarida u bilan qattiqqoʻ1 hamda muloyim boʻlmoq, uch yoshdan keyin, oʻz “men”ini taniy boshlaganida esa uning irodasini hurmat qilishni oʻrganmoq zarur. Aniqroq qilib aytsak, ota-ona ta’siri bogʻchagacha tugatilmogʻi lozim. Goʻdaklikda aralashmaslik va keyinroq bolaga bosim oʻtkazish undagi qobiliyatni soʻndirishi va qarshilikni vujudga keltirishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.