Ushbu test ish va shaxsiy vaqtdan oqilona foydalanish qobiliyatini aniqlashga qaratilgan. Test savollariga javob bering, ballarni hisoblang va test oxirida javoblarni ko‘ring.
1. Yetarli darajada katta hajmdagi ishlarni, shu jumladan shoshilinch vazifalarni bajarilishini boshqalarga yuklaysizmi?
2. Belgilangan vaqtda vazifalarni uddalaysizmi?
3. Vaqtni tejash uchun mayda ishlarni, telefon suhbatlar va boshqalarni bitta blokga to‘playsizmi?
4. Do‘stlaringiz, hamkasblaringiz, xodimlaringiz ishni oqilona rejalashtirish (ratsionalizatsiya) va ishni yengillashtirishda qo‘llaydigan imkoniyatlardan tashqari boshqa usullardan foydalanasizmi?
5. “Vaqt o‘g‘rilari” (telefonda gaplashib o‘tirish, chekish, ish paytida turli o‘yinlarga vaqt ajratish va h.) bilan tez-tez kurashasizmi?
6. Rejalashtirilgan maqsadlarni erishilgan maqsadlar bilan taqqoslaysizmi?
7. Siz qo‘ygan maqsad va vazifalaringiz belgilangan vaqtdan og‘gan yoki boshqa biron sababga ko‘ra o‘zgarib ketgan bo‘lsa, ularni ko‘pincha vaziyatga moslashtirib o‘zgartirasizmi?
8. Natijalarni kuzatib borasizmi?
9. Siz maqsadlarni yozma ravishda belgilab borasizmi?
10. Ko‘pincha ishlaringizlarni keyingi kunga o‘tkazishga to‘g‘ri keladimi?
11. Siz o‘zingizga ushbu savolni necha marta berasiz: "Bugun men nimani o‘rgandim?"
12. Siz har kuni o‘z fikrlaringiz va g‘oyalaringizni yozishga yoki ishlov berishga muvaffaq bo‘lasizmi?
13. Muayyan vazifalarni, maqsadlarni hal qilishda siz asosiy maqsadingizga yaqinlashyapsizmi?
14. Har kuni natijalaringizni baholaysizmi?
15. Sizningcha, natijalarni kuzatish ish va shaxsiy vaqtdan samarali foydalanishning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi?
16. Shaxsiy va ish vaqtidan samarali foydalanish uchun maqsadlarni belgilash kerakmi?
17. Siz odatda hamma ishlarni birdan bajarishga intilasizmi?
18. Agar ma’lum bir vazifani bajara olmasangiz, aybingizni birovga ag‘darishni xohlaysizmi?
19. Biron bir vazifani bajarayotganda, siz ko‘pincha chalg‘iysizmi?
20. Siz barcha ishlaringizni tezkor va tezkor emas vazifalarga ajratasizmi?
21. Agar siz qiyin vazifani uddalay olmasangiz, uni tashlab, osonrog‘ini yechishga o‘tasizmi yoki baribir qiyin vazifani hal qilishga harakat qilasizmi?
22. Siz biron-bir vazifani bajarganingizda o‘zingizni rag‘batlantirasizmi?
23. Siz turli yig‘ilishlar, uchrashuvlar, ishga kechikib kelasizmi?
24. Siz o‘zingizga ma’lum vazifalarni bajarish uchun qat’iy vaqt muddatlarini belgilaysizmi?
25. Siz bo‘sh vaqtingizdan to‘g‘ri foydalanayapsizmi?