Biz – kattalar u yoki bu kitob bola uchun juda qiyin yoki bola mumtoz musiqani baholay olmaydi deya qat’iy ishonamiz. Ammo bu xulosalarni qanday asosga tayanib qilamiz?
Bola uchun aniq belgilab qoʻyilgan “qiyin” yoki “oson” degan tushunchalar yoʻq. Ingliz yoki yapon tilimi, Bax yoki yosh bolalar musiqasimi, bir xil ohangdagi va bir turdagi kuy yoxud tovushlaj uygʻunligimi – barchasi bir vaqtda oʻrgatila boshlanishi kerak, bola uchun hammasi yangi.
Hissiyotlar asosida qilingan xulosa bilimga bogʻliq emas, aksincha bilim hissiyotlar uchun toʻsiq boʻlishi mumkin. Ehtimol, koʻpchilik mashhur san’at asariga qarab oʻz-oʻziga: “Juda betakror, shoh asar”, – degan, aslida esa siz asarni koʻrganda unga nisbatan hech qanday hisni tuymagansiz. Siz uchun suratning qadr-qimmati rassomning ismi va suratning bahosi bilan bogʻliq. Bola esa doimo rostgoʻy. Biror-bir narsa yoki mashgʻulot unga qiziq boʻlsagina uning e’tiborini butunlay oʻziga tortadi.
Amerikada yosh bolalarga moʻljallangan “Kunjut koʻchasi” nomli juda keng ommalashgan telekoʻrsatuv bor. Kunjut koʻchasini “kunjut xiyoboni” deb tarjima qilsak ham boʻladi. Nyu-Yorkdagi Harlem koʻchasi mana shu telekoʻrsatuvning asosiy manbasi boʻlib, undagi qahramonlar shu yerda yashaydigan qoʻgʻirchoqlardir. Bu telekoʻrsatuvning qiziq tomoni shundaki, undagi qahramonlar alohida-alohida boʻlsa-da, oʻta aniq fe’l-atvorga ega sanalib, qoʻshnilariga ham birmuncha oʻxshab ketadi. Bunday 1-atvordagi odamlar serqirra, “Yoshi ikkilar atrofidagi bolalar ularni tushuna olmaydi, – deb oʻylasam, unday emas ekan. Goʻdaklarning ham koʻngliga yoqadigan qahramoni boʻlib, bu qahramon ekranda koʻrinishi bilan unga mahliyo boʻlib qolar edi. Ayniqsa, goʻdaklar e’tiborini jalb qiladigani – bu kanareyka qushi. Uning fe’l-atvori shundayki, begʻamligidan doim muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, lekin baribir bunga aybsizdek beparvo boʻlib, hech ham oʻrganish niyatidan qaytmaydi. Hali soʻzlarni ham talaffuz qila olmaydigan goʻdak boʻlsalar-da, kattalardan farq qilmasligi, shuningdek, ularda qoʻgʻirchoqlarning murakkab fe’l-atvorini tushunib, “men bunga xayrixohman” degan tushunchaning boʻlishi juda muhim hisoblanadi. Kattalarning fikri sanalgan “goʻdaklar uchun” degan tushuncha, aslida, qanday qilib chaqaloqlarga mos kelmasligini mana shu misol orqali izohlash mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti
Portalda eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.